Kirish
Biz oldingi qismlarda qanday qilib Python dasturlash tilida qiymatlarni mashinada saqlashni ko‘rib chiqdik. Hamda ba’zi masalalarni yechib o‘rgandik. O‘zgaruvchilar har doim bitta qiymat saqlaydi hamda ular ustida amal bajaradi. Lekin, tabiatda biz rasmlar, audio, video berilganlar bilan ham keng ishlaymiz. Bu kabi berilganlar vektorlar, matritsalar hamda keyinchalik umumiylashgan holda tensorlarda saqlaymiz va ular ustida amallar bajaramiz. Oxir oqibatda esa, shular asosida modellar quramiz va ularni hisoblash mashinasida ishga tushiramiz.
Ushbu fan matematikaning sohalaridan biri bo‘lib, asosan vektorlar va matritsalar ustida amalarni o‘rganadi. Lekin umumiy holda vektor fazolar va chiziqli transformatsiyalarni vektorlar va matritsalar asosida o‘rganadi. Biz ushbu qo‘lanmada ko‘proq amaliy o‘rganganimiz uchun, chiziqli algebraning soddaroq bo‘lgan qismi ya’ni vektorlar va matritsalar ustida amallarni o‘rganimiz. Lekin mashinali o‘rganish fanida bizga ba’zi transformatsiyalar zarur bo‘ladi, ularni esa qisman o‘rganamiz.