Topshiriqlar 2

Ushbu qismdagi topshiriqlar nafaqat oldingi mavzuda o’tilganlarni mustahkamlash uchun, balki shu vaqtgacha o’tilgan qolgan qismlarni ham takrorlash uchun xizmat qiladi. Chunki ba’zi masalalarni bajarish uchun qo’shimcha narsalarni o’rganishga to’g’iri keladi. Tabiiyki biz bitta darsda ko’p narsalarni o’rgana olmaymiz. Shu sababdan ham ushbu topshiriqlarimizni bir qancha qismlarga bo’lgan holda o’rganamiz. Eng asosiysi bu qismdagi topshiriqlar turli xil darajada bo’lib, ba’zilarni ishlash uchun ancha tajriba kerak bo’ladi. Shuning uchun ularni tashlab ketilsa ham bo’ladi.

Ko’rsatma. Har doim kiritilgan indeks elementlar sonidan oshib ketmasligini tekshiring, agar oshib ketsa, foydalanuvchiga bu haqida xabar bering.

tuple turiga oid masalalar

  1. Ushbu qismdagi masalarni bajarishda bizga tuple turidagi o’zgaruvchi berilgan va uning elementlarning qiymatlari sonlar deb hisoblaymiz, hamda uni o’zimiz qo’lda kiritib qo’yamiz.

  1. Berilgan tuple turidagi o’zgaruvchining k-o’rindagi elementini chop qiling.

  2. Berilgan tuple turidagi o’zgaruvchining k- va l- o’rindagi elementlarining yig’indisini hisoblang.

  3. Berilgan tuple turidagi o’zgaruvchining k- o’rindagi elementi juft yoki toqligini ko’rsating.

  4. Berilgan tuple turidagi o’zgaruvchining k- o’rindagi elementining musbat yoki manifiyligini aniqlang.

  5. Berilgan tuple turidagi o’zgaruvchining elementlarning yig’indisini toping.

  6. Berilgan tuple turidagi o’zgaruvchining juft va toq elementlarning yig’indilarini hisoblang.

  7. Berilgan tuple turidagi o’zgaruvchining juft va toq o’rinda turgan elementlarning yig’indilarini hisoblang.

  8. Berilgan tuple turidagi o’zgaruvchining eng katta va kichik elementlarini toping.

  9. Berilgan tuple turidagi o’zgaruvchining eng katta va kichik elementlari joylashgan o’rinlarni toping.

  10. Berilgan tuple turidagi o’zgaruvchining elementlari ketma-ketligida nechta ishora almashishlar mavjudligini toping.

  11. Berilgan tuple turidagi o’zgaruvchida nechta turli xil elementlar borligini chop qiling.

  12. Berilgan ikkita tuple turidagi o’zgaruvchilari ustida 4 arfimetik amallarni bajaruvchi dastur tuzing va natijalarni chop qiling.

  13. Berilgan ikkita tuple turidagi o’zgaruvchilarining skalyar ko’paytmasini hisoblovchi dastur tuzing.

  1. Ushbu qismdagi masalarni bajarishda bizga tuple turidagi o’zgaruvchi berilgan va uning elementlarning qiymatlari belgilar deb hisoblaymiz, hamda uni o’zimiz qo’lda kiritib qo’yamiz.

  1. Berilgan tuple turidagi o’zgaruvchining k-o’rindagi elementini chop qiling.

  2. Berilgan tuple turidagi o’zgaruvchining k-o’rindagi elementini raqam yoki harf yoki belgi ekanligini aniqlang. Buning uchun isdigit() va isalpha() metodlaridan foydalaning.

  3. Berilgan tuple turidagi o’zgaruvchining k-o’rindagi elementini raqam yoki harf yoki belgi ekanligini aniqlang. Bunda faqat harfning ACII jadvalidagi kodidan foydalangan holda aniqlang.

  4. Berilgan tuple turidagi o’zgaruvchining elementlarini bitta str turidagi o’zgaruvchi sifatida tasvirlang.

str turiga oid masalalar

Ushbu qismdagi masalarni bajarishda bizga str turidagi o’zgaruvchi berilgan, hamda uni foydanuvchi kiritadi.

  1. Berilgan str turidagi o’zgaruvchida nechta element borligni chop qiling.

  2. Berilgan str turidagi o’zgaruvchida k-o’rindagi elementi qaysi raqam, harf yoki belgi ekanligini aniqlang.

  3. Berilgan str turidagi o’zgaruvchida nechta lotin harfi, raqam va belgidan iborat ekanligni toping.

  4. Berilgan str turidagi o’zgaruvchining har bir belgisini k o’ringa o’nga surishdan hosil bo’lgan matni chop qiling. Bunda matn faqat ASCII jadvali asosida berilgan deb tasavur qiling hamda qoldiqli bo’lishdan foydalaning.

  5. Berilgan str turidagi o’zgaruvchining har bir belgisini k o’ringa chapga surishdan hosil bo’lgan matni chop qiling. Bunda matn faqat ASCII jadvali asosida berilgan deb tasavur qiling hamda qoldiqli bo’lishdan foydalaning.

  6. Berilgan str turidagi o’zgaruvchida necha xil turdagi belgi borligini aniqlang.

list turiga oid masalalar

Ushbu qismdagi masalarni bajarishda bizga list turidagi o’zgaruvchi berilgan va uning elementlarning qiymatlari sonlar deb hisoblaymiz, hamda uning elementlarini foydalanuvchi kiritadi deb hisoblaymiz. Buning uchun quyidagi kod qismidan qiymatlarni kiritish uchun foydalaning:

[2]:
# elementlar soni
n = int(input("Nechta element kiritmoqchisiz:"))
# bo'sh list
a = []
i = 0
while i < n:
    # sanagichni oshirish
    i += 1
    # yangi elementni kiritishni so'rash
    new_elem = float(input("Navbatdagi elementni kiriting: "))
    # qo'shib qo'yish
    a.append(new_elem)
  1. tuple turiga oid berilgan A va B qismdagi hamma topshiriqlarni hamda quyidagilarni ham bajaring.

  1. Berilgan list turidagi o’zgaruvchi elementlarining qiymatlarini bittaga kamaytiring va yangi hosil bo’lgan qiymatlarni chop qiling.

  2. Berilgan list turidagi o’zgaruvchi ketma-ket kelgan elementlarning o’rnini almashtiring. Bunda ikkinchi elementdan boshlang.

  3. Berilgan list turidagi o’zgaruvchining ketma-ket kelgan elementlarning birinchisi ikkinchisidan katta bo’lsa, u holda ularning o’rnini almashtiring. Bunda ikkinchi elementdan boshlang.

  4. Berilgan list turidagi o’zgaruvchining elementlarini pufakchali usulda tartiblang.

  5. Berilgan list turidagi o’zgaruvchining elementlarini o’riniga qo’yish usulda tartiblang.

  6. Berilgan list turidagi o’zgaruvchining elementlarini tanlash usulda tartiblang.

  1. Ushbu qismda ikki o’lchovli (ichma-ich) list turidagi o’zgaruvchilar ustida amallar bajaramiz. Ushbu topshiriqlarni bajarish oson bo’lishi uchun, ikki o’lchovli list o’zgaruvchisini oldindan aniqlab qo’yish yaxshi amaliyot hisoblanadi. Qachon dasturingiz to’g’iri ishlashni boshlaganiga ishonch hosil qilsangiz, shundan so’ng foydalanuvchi berilganlarni kiritishi mumkin bo’ladi.

  1. O’lchami mxn bo’lgan matritsani kiritish dasturini tuzing.

  2. O’lchami mxn bo’lgan matritsaning elementlarini matritsa ko’rinishida chop qiluvchi dasturini tuzing.

  3. O’lchami mxn bo’lgan matritsaning eng katta va kichik qiymatlarini toping.

  4. O’lchami mxn bo’lgan matritsaning har bir qatori bo’yicha eng kichik va katta elementlarini ikkita alohida list o’zgaruvchisida saqlang va chop qiling.

  5. O’lchami mxn bo’lgan matritsaning har bir usutini bo’yicha eng kichik va katta elementlarini ikkita alohida list o’zgaruvchisida saqlang va chop qiling.

  6. O’lchalari bir xil mxn bo’lgan 2 ta matritsa ustida element bo’yicha to’rt arfimetik amallarni bajaruvchi dastur tuzing va natijalarni chop qiling.

  7. O’lchalari bir xil mxn va nxd bo’lgan matritsalarning ko’paytmasini toping.